«Bu yil 14 tonna baliq olaman» - namanganlik baliqchi ayol

Jamiyat 17:14 / 19.04.2021 8663

Zamira opa farzandlarini onasiga tashlab, Rossiya Federatsiyasida 15 yil ishladi. Sarmoya to‘plagach, shu yerda baliqchilik faoliyatini boshlagan. 

«300 mln so‘m sarmoya bilan boshlaganman ishimni. Ko‘p sarmoyam yerning kamchiliklarini to‘g‘rilashga va ta'mirlash ishlariga kirib ketgan.

Lekin mehnatim bilan qiyinchiliklarni yengib o‘tdim. Mehnatim evaziga ko‘p narsaga erishdim. 15 yil chetda ishlab oyma-oy pul topgan bo‘lsam, mana 5 yilda fermerlikdan chiqqan daromadimga to‘y qildim, qizlarimni o‘qitdim, mashina oldim, yaxshi yashayapman, Allohga shukr», —  deydi u.

Zamira opa 2 yildan buyon baliq lichinkalarini o‘zi yetishtiradi. Hozirda 16 gektar maydonda baliqning sazan, oq baliq va piostra turlarini boqyapti. U  bu yil 14 tonna baliq olish niyatida.

Ko‘proq yangiliklar: