Avstriya «Sputnik V» vaksinasidan 1 mln doza sotib olishini e'lon qildi

Jahon 17:03 / 19.04.2021 4386

Avstriya kansleri Sebastyan Kurs 1 mln doza «Sputnik V» vaksinasi sotib olinishini e'lon qildi.

Yevropa dori vositalari agentligi (EMA) tomonidan ro‘yxatga olinganidan so‘ng vaksinadan foydalanish boshlanadi.   

«Biz EMA uni tezroq ro‘yxatga olishidan umidvormiz, chunki har bir qo‘shimcha vaksina odamlar hayotini saqlab qolish, ish o‘rinlarini ta'minlash va odatiy hayotga tezroq qaytishga yordam beradi», — dedi Kurs.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Avstriya va Rossiyaning «Sputnik V» vaksinasini sotib olish bo‘yicha muzokaralari amalda yakuniga yetdi, Avstriya Rossiya vaksinasini sotib olishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: