Markirovkani o‘qish va servis uchun alohida to‘lov: PAX A930 onlayn-kassasi qanday qilib biznesni osonlashtiradi?

O‘zbekiston 16:00 / 18.04.2021 4369

ARCA Group kompaniyasi PAX A930 modeli uchun dasturiy ta'minotni yangiladi. Endi uning mijozlari yangi versiyaga o‘tishlari mumkin bo‘ladi.

PAX A930 onlayn-kassalaridan foydalanadigan savdo nuqtalari yana qanday qulayliklarga egaligi haqida — ushbu materialda.

Biznes uchun

Yangilik — markirovkani o‘qish. Endi PAX A930 ichiga qurilgan kamera yordamida raqamli kodni o‘qiydi. Shu bilan birga, onlayn-kassaga alohida skanerni ulash mumkin.

Yangilik — belgilangan rag‘batlantirish yoki foizlarda hisoblash. Umumiy ovqatlanish joylari, kurerlik xizmatlari va mehmonxonalar xizmat ko‘rsatish uchun to‘lov miqdorini o‘zlari belgilashlari mumkin — qayd etilgan shaklda yoki foizda. Bu statistikani olib borish jarayonini osonlashtiradi.

Kelgusi yangilashlarda chegirmalar va keshbeklarning tizimlari ishlab chiqiladi.

Hisob yuritish kitobi o‘rniga onlayn-kassa. Barcha tranzaksiyalar uskunada saqlanib, kassa kitobini yuritishga ehtiyoj qolmaydi. Tovarlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn-kassaning interfeysi orqali qo‘shish va o‘zgartirish mumkin — bu ayniqsa assortimenti katta bo‘lmagan korxonalar uchun nihoyatda qulay.

Xaridorlar uchun

NFC-to‘lov. PAX A930 Uzcard kobeydj kartalari, hamda Mastercard, VISA, UnionPay va NSPK «MIR» xalqaro kartalarining aloqasiz to‘lovlarini qabul qiladi.

PIN-kodning o‘g‘irlanishiga qarshi himoya. Xaridor kartaning PIN-kodini kiritganida, PIN-on-Glass himoya qilish tizimi ishga tushadi: firibgarlar barmoqlarning harakatlanishi bo‘yicha raqamlar tartibini eslab qolmasligi uchun, sensorli klaviaturadagi tugmachalar joyini almashtiradi.

ARGA Group'dan onlayn-kassalarning ommabopligi

Bugungi kunda ARCA Group dan RAX A930 onlayn-kassasini 40 mingdan ortiq tijoratchilar xarid qildi. Kompaniya bilan Carrefour fransuz riteyl-tarmog‘i va bir qator boshqa yirik kompaniyalar hamkorlik qilmoqda.

ARCA Group butun O‘zbekiston bo‘ylab faoliyat yuritadi: har bir viloyatda texnik xizmat ko‘rsatish markazlari mavjud. Bundan tashqari, banklar bilan hamkorlik qilish natijasida onlayn-kassani ekvayringga istalgan joyda ulash mumkin.

PAX A930 onlayn-kassani qanday qilib xarid qilish mumkin?

ARGA Group'dan RAX A930 onlayn-kassani, ularning filiallariga murojaat qilgan holda xarid qilish mumkin. Banklarning har biri o‘zining qulay shartlarini taqdim qiladi. PAX A930 onlayn-kassasiga ekvayringni esa mamlakatning istalgan bankida ulash imkoniyati mavjud.

Batafsil ma'lumot:

+998 78 120-23-23 — yagona call-markazi

Telegram — @arca_uz

Instagram — @arca.uz

Facebook — @arcagroup.uz

​Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: