Isroil va Gretsiya o‘zaro munosabatlar tarixidagi eng yirik mudofaa shartnomasini imzoladi

Jahon 19:50 / 18.04.2021 5352

Isroil mudofaa vazirligida ta'kidlanishicha, Elbit Systems deb nomlanadigan markazni qurish bo‘yicha ushbu shartnoma ikki davlat o‘rtasida tuzilgan eng yirik mudofaa shartnomasi hisoblanadi.

Shartnoma doirasida Gretsiyada Isroil harbiy-havo kuchlarining uchuvchilar akademiyasi namunasi bo‘yicha harbiy uchuvchilarni tayyorlash xalqaro markazi tashkil etiladi. U Italiyada ishlab chiqarilgan 10ta M-346 rusumidagi o‘quv-mashg‘ulot samolyoti bilan jihozlanadi. Shuningdek, Gretsiya harbiy aviatsiyasiga qarashli T6 samolyotlari modernizatsiya qilinadi. 

Isroil mudofaa vaziri Beni Gans ushbu bitim “ikki davlat o‘rtasidagi mudofaa, iqtisodiyot va siyosat sohalaridagi hamkorlik va sheriklikni mustahkamlashini” aytgan. 

Gretsiya Turkiya bilan Egey dengizi va Sharqiy O‘rta yer dengizi hududida o‘zaro qarama-qarshilik kuchayayotgani ortida o‘z mudofaasini mustahkamlamoqda. Rasmiy Afina rejalarida harbiy samolyotlardan tashqari, vertolyotlar va 4ta fregat xarid qilish bor. Shuningdek, Germaniyada ishlab chiqarilgan yana 4ta fregat modernizatsiya qilinadi. Bundan tashqari, Gretsiya qurolli kuchlari saflari 5 yil davomida qo‘shimcha 15 ming askar bilan to‘ldiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: