Rossiyaning Kaspiy flotiliyasi kemalari Qora dengizga kirdi 

Jahon 15:08 / 17.04.2021 23624

Kaspiy flotiliyasi kemalari otryadi Qora dengizga kirdi, deb xabar berdi Rossiyaning Qora dengiz floti matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, Kaspiy flotiliyasining 15ta kemasi, jumladan, uchta artilleriya va sakkizta desant kateri hamda ta'minot kemalari nazorat tekshiruvi doirasida Kaspiy dengizidan Qora dengizga o‘tgan.

Ma'lumot berilishicha, Kaspiy flotiliyasi katerlari Qora dengiz floti kuchlari bilan birgalikda dengiz o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashadi. O‘quv mashg‘ulotlariga samolyot va vertolyotlar ham jalb etiladi.

Bugun, shuningdek, Rossiya Qrimga shturmchi samolyotlar eskadrilyasini joylashtirgani ma'lum bo‘ldi. Avvalroq Qrimga 58-armiya qo‘shinlari keltirilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: