Pekin Tokioni o‘zaro munosabatlarni yomonlashtiruvchi harakatlar qilishdan ogohlantirdi

Jahon 18:12 / 17.04.2021 7647

Xitoy Yaponiyani ikki tomonlama munosabatlarni yomonlashtiruvchi harakatlar qilishdan ogohlantirdi. Xitoyning Tokiodagi elchixonasi ana shunday bayonot bilan chiqdi.

«Keyingi vaqtda Yaponiya tomoni Xitoy bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha qator salbiy harakatlarni amalga oshirib, tomonlar o‘rtasidagi siyosiy ishonchga jiddiy putur yetkazdi», — deyiladi elchixona bayonotida.

Xitoy Yaponiyani siyosiy hujjatlarda qayd etilgan majburiyatlarga amal qilishga da'vat etgan.

 «Biz Yaponiya tomonini yirik davlatlar qarama-qarshiligi po‘rtanasiga tushib qolmaslikka chaqiramiz», — deyiladi bayonotda.

 Bayonotda aytilishicha, Yaponiya va AQSh yetakchilarining qo‘shma bayonotida Xitoyga nisbatan asossiz ayblovlar keltirilgan va bu Xitoyning ichki ishlariga aralashuv hisoblanadi.

«Shu munosabat bilan Xitoy tomoni keskin norozilik bildiradi va qat'iy qarshi chiqadi. Xitoy Yaponiya va AQShga qat'iy taqdimnoma jo‘natdi», — deyiladi unda.

Avvalroq AQSh prezidenti Jo Bayden va Yaponiya bosh vaziri Yosixide Suganing Vashingtondagi muzokaralar bo‘yicha qo‘shma bayonotida Amerika Yaponiyani zarurat tug‘ilsa, yadro quroli yordamida himoya qilishi mumkinligi aytilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: