“O‘zbekneftgaz”: Boshqaruv raisi boshchiligidagi “Ishchi guruh” Qashqadaryoda tabiiy gaz qazib chiqarish holatini o‘rgandi

O‘zbekiston 11:19 / 17.04.2021 5133

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi “Ishchi guruh” Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida bo‘lib 2021 yil prognoz ko‘rsatkichlarini bajarishga qaratilgan geologik-texnik tadbirlarni amalga oshirish rejalari yuzasidan “Dengizko‘l” konida bo‘ldi.

“Dengizko‘l” konida amalga oshirilayotgan manzilli dastur va loyihalar, qazib chiqarish jarayonlari holatini o‘rganildi.

“Ishchi guruh” dastlab “Dengizko‘l” konining qazib chiqarish holati bilan yaqindan tanishib, konda yangi qurilayotgan past bosimli Siquv kompressor stansiyasi qurilish maydonida bo‘lib, 2-Siquv kompressor stansiyasining qurilish-montaj ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Boshqaruv raisi ushbu stansiyani qisqa muddatlarda ishga tushirish bo‘yicha boshqarma va tegishli departament rahbarlariga ko‘rsatmalar berdi.

Shundan so‘ng, “Dengizko‘l” konidagi “Dengizko‘l siquv kompressor stansiyasi”da mavjud agregatlarida o‘rnatilgan “Waukesha 16V275GL” markali gazoporshenli dvigatellarni ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishib chiqildi.

Stansiyasining uzluksiz ishlashini, gaz qazib chiqarishni oshirishga qaratilgan geologik-texnik chora tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirishni ta’kidlab o‘tdi.

Shu bilan birga yangi burg‘ilash ishlari olib borilayotgan №324 va 319-sonli quduqlardagi burg‘ilash jarayonlari o‘rganildi.

Uglevodorodlarni qazib chiqarish, quduqlarni burg‘ilash va kapital ta’mirlash jarayonlarida yangi yo‘nalishlardan keng foydalanish, quduqlarni kapital ta’mirlash ishlarining samaradorligini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Bundan tashqari, texnologik obektlarning qurilish-montaj ishlarini jadallashtirish kabi masalalar yuzasidan fikrlar almashildi.

Boshqaruv raisi kon ma’sul xodimlariga yana bir bor, pandemiya sharoiti bekor qilinmaganini yodda tutish lozimligi, unga qat’iy amal qilgan holda qazib chiqarish jarayonlarini amalga oshirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Eslatib o‘tamiz, Boshqaruv raisi boshchiligidagi “Ishchi guruh” Qashqadaryo viloyatida tabiiy gaz qazib chiqarish holatini o‘rganish ishlarini davom ettiradi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmat Ⓣ

Ko‘proq yangiliklar: