Ovqatlanish muassasalarida o‘rinlar va avtobuslarda o‘rindiqlar soni 50 foizgacha cheklanadi

O‘zbekiston 11:16 / 17.04.2021 19757

Qayd etilishicha, endi barcha umumiy ovqatlanish muassasalarida o‘rinlar 50 foizgacha cheklanadi, biroq 100 kishidan oshmasligi nazorat qilinadi.

Bundan tashqari, avtobuslarda o‘rindiqlarning soni 50 foizgacha cheklanadi. O‘z navbatida, avtobuslar soni ko‘paytiriladi.

Bundan oldin, bosh vazir tibbiy niqobsiz yurgan fuqarolarni keskin tanqid qilgandi.

“Hududlarga bo‘lgan tashrifda yoki Toshkent shahrida mahallabay amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish uchun tashkillashtirilgan monitoring tadbirlarida o‘zim ko‘rib hayron bo‘lib qoldim. O‘zimiz ham tibbiy niqob taqib bordik, ammo u yerda yurgan biron kishi tibbiy niqob taqib yurganini ko‘rmadim. Shunchalik ham befarq bo‘lish mumkinmi? Kechirasizlar-ku, odam yoqasini ushlaydi. Bu kasallik xuddi elektr tokiga o‘xshaydi, hidi ham, rangi ham, mazasi ham yo‘q, odamni ham tanlab o‘tirmaydi”, dedi Abdulla Aripov.

Ko‘proq yangiliklar: