Navoiyda «Yoshlar daftari»ga kirgan fuqarolar haydovchilik kasbiga bepul o‘qitiladi

Jamiyat 20:03 / 17.04.2021 747

Memorandum orqali «Yoshlar daftari»ga kiritilgan  fuqarolarni kasbga o‘qitish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etish ko‘zlangan.

Shu tariqa, ularning haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lishlari hamda egallagan kasblari bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishlariga shart-sharoitlar yaratish rejalashtirilmoqda. 

Tomonlarning kelishuviga ko‘ra, qisqa muddatli haydovchilik kurslarga jalb qilingan «Yoshlar daftari»dagi fuqarolarni o‘qitish va haydovchilik guvohnomasini topshirish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar viloyat hokimligi tomonidan to‘lab beriladi.

Ko‘proq yangiliklar: