AQSh Yaponiyani Xitoydan yadro quroli yordamida himoya qilishga va'da berdi

Jahon 15:57 / 17.04.2021 9873

AQSh Xitoy bilan munosabatlar keskinlashishi fonida Yaponiyani zarurat tug‘ilsa, yadro quroli yordamida himoya qiladi. Bu haqda AQSh prezidenti Jo Bayden va Yaponiya bosh vaziri Yosixide Suganing Vashingtondagi muzokaralar bo‘yicha qo‘shma bayonotida ma'lum qilindi.

Qo‘shma bayonotda aytilishicha, AQSh «Yaponiyani himoya qilish majburiyatini barcha imkoniyatlardan, jumladan, yadroviy salohiyatidan foydalanib bajaradi».

Hujjatda qayd etilishicha, bu «Yaponiyaning Janubiy Xitoy dengizidagi Senkaku orollari ustidan nazoratiga putur yetkazishga qaratilgan har qanday urinishlarga taalluqli».

Mazkur orollar Yaponiya boshqaruvi ostida, ammo Xitoy ularni o‘z hududi deb hisoblaydi.

So‘nggi vaqtda bu orollar atrofida Xitoy kemalari faolligi kuchaydi. AQSh Xitoyni o‘zining eng asosiy raqobatchisi deb hisoblaydi.

Ko‘proq yangiliklar: