Rossiya AQShning 10 nafar diplomatini mamlakatdan chiqarib yuboradi

Jahon 21:39 / 16.04.2021 7330

Rossiya o‘n nafar amerikalik diplomatni mamlakatdan chiqarib yuboradi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma'lum qildi.

«Siz o‘n nafar diplomat Qo‘shma Shtatlarni tark etishi so‘ralgan ro‘yxatni eslatdingiz. Biz bunga xuddi shunday javob qaytaramiz, Qo‘shma Shtatlarning o‘n nafar diplomatiga mamlakatimizni tark etishni taklif qilamiz», — dedi Lavrov.

«Kommersant'» nashrining xabar berishicha, Lavrov AQShning Rossiyadagi elchisi Jon Sallivanga «maslahatlashish uchun uyiga jo‘nash» tavsiya etilganini aytgan. Bu esa Rossiya Amerika elchisini chiqarib yuborayotganini anglatadi.

15 aprel kuni AQSh Rossiyaning Vashingtondagi diplomatik vakolatxonasida ishlovchi 10 nafar xodimni o‘z hududidan chiqarib yuborayotgani ma'lum bo‘lgandi.

Ko‘proq yangiliklar: