Putin 2020 yilda qancha daromad topgani ma'lum qilindi

Jahon 19:49 / 16.04.2021 12868

Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘tgan yil qariyb 10 million rubl ishlab topgan. Bu haqda uning daromadlar deklaratsiyasida ma'lum qilindi.

Unga ko‘ra, Putin 2020 yilda 9 mln 992 ming 692 rubl (bugungi kurs bo‘yicha 132 ming 29 dollar) daromad topgan.

Rossiya prezidenti maydoni 77 kvadrat metrni tashkil etuvchi xonadon va garaj (18 kvadrat metr) egasi hisoblanadi.

U shuningdek, maydoni 153,7 kvadrat metrga teng xonadon va 18 kvadrat metrli garaj o‘rniga ega.

Putinning nomida ikkita GAZ 21M («Volga»), «Niva» va «Skif» avtomobil tirkamasi qayd etilgan.

2019 yilda Rossiya prezidentining daromadi 9,7 million rublga teng bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: