Hongkonglik mediamagnat Jimmi Lay norozilik namoyishlari uchun bir yilga ozodlikdan shartli mahrum etildi

Jahon 21:39 / 16.04.2021 3960

Lay bir yilga, hongkonglik eng taniqli faollardan biri, mahalliy «demokratiya otasi» deb ataluvchi Martin Li 11 oyga shartli ravishda ozodlikdan mahrum etildi. Qolgan faollarga 18 oygacha ozodlikdan mahrum etish jazolari tayinlandi. Ulardan ba'zilariga haqiqiy qamoq muddati berilgan.

Jimmi Lay, Martin Li va boshqa sudlanuvchilar 2019 yil avgustda Hongkongda o‘tgan norozilik namoyishlariga aloqadorlikda ayblanganlar. Ularga nisbatan milliy xavfsizlikni himoyalash to‘g‘risidagi qonunni buzish, xorijiy davlatlar bilan til biriktirish va siyosiy faollarning Tayvanga qochishida yordam berish kabi ayblovlar bo‘yicha yana bir nechta ish olib borilmoqda.

Jimmi Lay Next Digital mediaguruhi egasi hisoblanadi. Mediaguruh Xitoy hukumatini tanqid qilib keluvchi «Pingo jibao» muxolif gazetasini chop etadi. Layning o‘zi Hongkongdagi namoyishlarni turli yo‘llar, jumladan, moliyaviy tomondan qo‘llab-quvvatlab keladi. U 2020 yil fevralida hibsga olingandi. 

Ko‘proq yangiliklar: