Google asoschilari boyligi 100 milliard dollardan oshdi

Fan-texnika 03:07 / 14.04.2021 33877

Google asoschilari - Larri Peyj va Sergey Brinning boyligi Alphabet kompaniyasi aksiyalari keskin qimmatlagani evaziga 100 mlrd dollardan oshdi. Bloomberg’ning xabar berishicha, Peyjning boyligi bir yil ichida 21,2 mlrd dollarga ko‘payib, hozirda 103,6 mlrd dollarga baholanmoqda. Brin esa bir yil ichida 20,4 mlrd dollarga boyib, hozirda uning umumiy boyligi 100,2 mlrd dollarga yetdi. 

Ayni vaqtda 100 mlrd dollardan ko‘proq boylikka Amazon egasi Jyeff Bezos, Tesla rahbari Ilon Mask, Microsoft asoschisi Bill Geyts, LVMH egasi Bernar Arno, Facebook rahbari Mark Tsukerberg hamda Berkshire Hathaway rahbari Uorren Baffet ega.

Umuman olganda, birinchi bo‘lib bunday yuqori ko‘rsatkichga 1999 yildayoq Bill Geyts erishgandi.

Google kompaniyasiga egalik qiluvchi Alphabet kompaniyasining aksiyalari pandemiya vaqtida 80 foizga oshdi. Google’ga 1996 yilda asos solgan Larri Peyj va Sergey Brin Alphabet’ aksiyalarining nazorat paketiga ega. Kompaniya 2020 yil 4-choragida 46,43 mlrd dollar tushum olgan. Bir yil avval bu ko‘rsatkich 37,57 mlrd dollarni tashkil qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: