Kalkulyatordan ko‘p foydalanadigan kasb egalari uchun yangi qulaylik

Fan-texnika 20:00 / 10.04.2021 28591

Zamonaviy IT texnologiyalar kundan kunga jadal suratlar bilan rivojlanib bormoqda. Kundalik hayotda kompyuter texnologiyalaridan foydalanishga bo‘lgan ehtiyoj yangi va mukammal kompyuter dasturlari yaratilishiga sabab bo‘lmoqda.

Kompyuter qurilmalarida katta sonlar ustida murakkab matematik amallarni bajaruvchi va turli ma'lumotlar bazasini tahlil qilish dasturiy ta'minotining o‘zi, navbatdagi yangi Big Data–katta ma'lumotlar bilan ishlash texnologiyasi kelib chiqishiga asos bo‘lgan.

Jadal rivojlanib borayotgan bu Big Data texnologiyasi ko‘pgina sohalarga kirib kelmoqda. Iqtisodiyot, moliya, marketing, statistika, geologiya, fizika, kimyo va hokazo sohalar shular jumlasidan.

Shu o‘rinda ta'kidlash joizki, dasturlar mukammalligini oshirish borasida ushbu dasturlarning UX grafik dizaynining ham o‘rni kattadir. UX(User Experience) bu – IT sohasida, dasturlarning grafik interfeysini foydalanuvchilarga maksimal darajada qulay ko‘rinishga keltirib beradigan yo‘nalish demakdir.

Yuqorida sanab o‘tilgan Big Data va UX dizaynning funksionalligiga bo‘lgan talabni kuzatib, shunday xulosaga keldim: kompyuter dasturiy tizimlarida barcha sohalarda zarur o‘nlik sanoq sistemasini matnli raqam ko‘rinishida yozish barcha turdagi hisob-kitoblarni tez va ravon amalga oshirish va tahlil qilishga yordam beradi.

Bunga esa kompyuter dasturlari tizimida maxsus algoritmlarni qo‘llash orqali erishish mumkin.

Matnli raqam bu–ko‘pxonalik sonlarning raqam va matn(ming, million, milliard, trillion) kombinatsiyasida ifodalanishidir. Masalan, 24 mln 325 ming, 3 trln 42 mlrd va hokazo.

Afzalligi shundaki, misol uchun birgina 11349530420 sonini tezda o‘qib tahlil qilish yoki shu sonni «O‘nbir milliard uchyuz qirq to‘qqiz million beshyuz o‘ttiz ming to‘rtyuz yigirma» ko‘rinishida ifodalash va tezda o‘qib tahlil qilish amaliyotda qiyinroq. Lekin matnli raqam ko‘rinishida yozish natijasida,11 mlrd 349 mln 530 ming 420 tarzida qulay ko‘rinishga keltirib olishimiz mumkin.

Natijada bu sonni o‘qib tahlil qilish ancha oson va qulayroq kechadi. Bu esa kompyuter dasturlarida hisob-kitob ishlari bilan shug‘ullanuvchi barcha soha vakillari, xususan iqtisodchi, buxgalter, moliya bo‘yicha mutaxassis, fizika, astronomiya va yana birqancha soha vakillariga ancha qulaylik yaratadi.

Ushbu matnli raqam ko‘rinishidagi sonlar bilan ishlashni amaliyotda qo‘llab ko‘rish maqsadida Android platformasida «Billion calculator» nomli kichik kalkulyator dasturini ishlab chiqdim.

Bu dastur maxsus(trln, mlrd, mln, ming) nomli tugmalar bilan boshqa kalkulyator dasturlaridan farq qiladi.

Ushbu dastur orqali matnli raqam sonlarini ishlatishning afzallik taraflarini amaliyotda sinab ko‘rishingiz mumkin.

Dasturni yuklab olish uchun havola:

Billion calculator

G‘oya muallifi Asqar Mirhabibov

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: