Tesla elektromobillar uchun dunyodagi eng yirik quvvatlash stansiyasini quradi

Fan-texnika 21:41 / 08.04.2021 22173

Electrek nashrining xabar berishicha, Tesla kompaniyasi The Bay Area (San-Fransisko ko‘rfazi atrofidagi hudud) va Los-Anjyeles o‘rtasidagi hududda joylashgan Harris Ranch Supercharger quvvatlash stansiyasini kengaytirmoqchi.

 Ayni vaqtda stansiyada 250 kilovattlik 18ta quvvatlash ustuni o‘rnatilgan. Endilikda Tesla stansiyada qo‘shimcha ravishda 80dan ko‘proq yangi ustun o‘rnatmoqchi. 

 “Biz Tesla dunyodagi eng yirik quvvatlash stansiyasini qurishga ariza berganini ma'lum qilishdan xursandmiz. Stansiyada 100dan ko‘proq quvvatlash ustuni bo‘ladi. U aynan bu yerda, Koalingdagi Xarris ranchosida joylashadi”, deb ma'lum qilingan Tesla’ning mahalliy hamkori Harris Ranch Inn & Restaurant bayonotida. 

 Ma'lum qilinishicha, loyiha qiymati 1,3 mln dollarni tashkil qiladi. Kompaniya har bir yangi ustun uchun o‘rtacha 16 ming dollar sarflaydi.

Hozirda elektromobillar uchun dunyodagi eng yirik quvvatlash stansiyasi Shanhaydagi Tesla Supercharger hisoblanadi. Stansiya 120 kilovattlik 72ta quvvatlash ustuniga ega.

 

Ko‘proq yangiliklar: