Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Bir kunda to‘lab beramiz. Qancha kerak bo‘lsa, pul bor» - Abduhakimov mehmonxonalarga subsidiyalar haqida
«2021 yil oxirigacha subsidiya olish uchun kamida 120–150 milliard so‘mlik murojaatlar bo‘lishi kutilmoqda. Lekin bu subsidiyalar chegaralangan degani emas. Qancha kerak bo‘lsa, pul bor, faqatgina tezroq qurish lozim», – dedi Aziz Abduhakimov.

Aziz Abduhakimov
Bosh vazir o‘rinbosari – Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov joriy yilda ishga tushadigan mehmonxonalar uchun davlat tomonidan beriladigan subsidiyalar miqdorini ma'lum qildi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«Subsidiya ajratish uchun xalqaro konsalting kompaniyalari tomonidan xulosa beriladi. Ya'ni ular mehmonxonani uch yoki to‘rt yulduzli deb tan olishsa, Moliya vazirligi va qo‘mitamiz tomonidan bir kun ichida subsidiya pullari o‘tkazib beriladi.
2021 yil oxirigacha subsidiya olish uchun kamida 120–150 milliard so‘mlik murojaatlar bo‘lishi kutilmoqda. Lekin bu subsidiyalar chegaralangan degani emas. Hisobga qo‘shimcha ravishda mehmonxona talablariga javob bergan qurilishlar tezlashtirilib, yil yakunigacha tamomlansa, hech qanday muammosiz subsidiyani ajratib beramiz. Qancha kerak bo‘lsa, pul bor. Faqatgina tezroq qurish lozim.
Nimagaki, subsidiyalar muddati aslida shu yil yakunigacha edi, lekin 2023 yilgacha cho‘zib berdik. Demak, agarda tadbirkorlar hozir qurilishni boshlasa ham, ularga ajratiladigan mablag‘lar budjet parametrlarida ko‘zda tutilgan.
Masalan, bugun ochilgan mehmonxonaga 8 milliard so‘m atrofida subsidiya to‘lab beramiz», – dedi Aziz Abduhakimov 26 mart kuni «Lumiere Hotel&SPA» mehmonxonasi ochilish tadbirida.
Shuningdek, 2021 yil davomida 3, 4 va 5 yulduzli 15 tadan 20 tagacha mehmonxona ishga tushirilishi rejalashtirilgani aytildi. Xususan, yil oxiriga qadar Samarqand viloyatida 8 ta 4 va 5 yulduzli mehmonxona ishga tushiriladi.
Bundan tashqari, yulduzga ega bo‘lmagan ko‘plab mehmonxonalar ochilishidagi tashkiliy ishlarda qo‘mita yordam ko‘rsatishi ta'kidlandi.
Ma'lumot uchun, 2020 yil davomida mehmonxona biznesi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga davlat budjetidan 200 mlrd so‘mga yaqin moliyaviy ko‘mak berilgan. Mehmonxonalar qurilishiga o‘rtacha hisobda 20–23 foizlik qiymat davlat tomonidan qoplab berilishi aytilgan.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyalik fermerlar hosilni yig‘ish uchun migrantlar yetishmayotganidan shikoyat qildi
Jahon | 23:17
-
Kichik Chimyon tog‘ida yong‘in sodir bo‘ldi
Jamiyat | 23:00
-
Buloqboshida yana toshqin xavfi: aholi Janubiy Farg‘ona kanalida suv sathi ko‘tarilganidan xavotirda
Jamiyat | 22:27
-
Fransiya va Britaniya yadroviy tiyib turish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi
Jahon | 22:19
Mavzuga oid

16:51
Toshkentda 26 ta ko‘cha tun-u kun ishlaydigan gavjum maskanga aylantiriladi

16:27
O‘zbekistonliklar tomonidan Shengen vizasi uchun topshirilgan arizalar soni oshgani ma’lum bo‘ldi

09:56
O‘zbekistonning Koreyadagi turizm brendi elchisi tayinlandi

21:28 / 03.07.2025