KIA avtomobillari birinchi egalariga topshirilmoqda

Fan-texnika 11:30 / 26.03.2021 31726

2020 yil noyabrdan boshlab «Jizzax» erkin iqtisodiy zonasidagi ADM-Jizzakh zavodida uchta komplektatsiyadagi Seltos krossoveri va beshta komplektatsiyadagi K5 sedanini yig‘ish boshlanishi xabar qilingandi.

Avvalroq ilk mijozlarga avtomobillari 31 martgacha yetkazilishi kutilayotgani bildirilgan, O‘zbekistondagi KIA Motors avtosaloni savdo bo‘limi xodimi Rahmatilla Nazarov Kun.uz'ga ayni paytda mingtaga yaqin avtomobil tayyor holatda ekanligini ma'lum qilgandi.

«KIA avtomobilining Seltos krossoveri va beshta komplektatsiyadagi K5 sedan markalarini O‘zbekistonda yig‘ish boshlangan. Hozirda mingga yaqin mashina tayyor. Ularga xaridorlar to‘lov qilishgan. Avtomobillar yaqin kunlarda savdoga chiqariladi. Olib kelinishi rejalashtirilgan boshqa yangi modellar haqida hozircha ma'lumotlar yo‘q. Mashinalarga 5 yil kafolat beriladi», – degan R. Nazarov.

KIA K5 avtomobillari 5 xil komplektatsiyada yig‘ilib, narxi 259,9 mln so‘mdan 386,9 mln so‘mgacha etib belgilangan.

2020 yil 5 oktyabr kuni, KIA kompaniyasi modellari rasman taqdim etilganida Roodell kompaniyasining bosh direktori Doniyor Davletiyarov O‘zbekistonda KIA rusumidagi avtomobillar Rossiyadagiga qaraganda qimmatroq bo‘lishi sababiga izoh bergandi.

«Bizning narxlarimiz Rossiyadagi narxlardan farq qilishining asosiy sababi, bizda mutlaqo Rossiyaniki bo‘lmagan komplektatsiyalardir. Biz ehtiyot qismlarni Rossiyadan emas, balki Koreya Respublikasidan olib kelamiz. Bizning maqsadimiz opsional boy bo‘lgan zamonaviy mahsulot tayyorlash edi. Agar Rossiyadagi avtomobillar 1,6 litrli dvigatel va mexanik uzatmalar qutisi bilan boshlansa, O‘zbekistonda faqat variator qutisiga ega bo‘lgan 2 litrli dvigatel mavjud», - degan Davletiyarov.

Ko‘proq yangiliklar: