Yaponiyada chet elliklarning kirib kelishidagi taqiq saqlab qolinadi

Jahon 20:11 / 26.02.2021 1349

Yaponiya hukumati dunyoning barcha mamlakatlari va mintaqalari fuqarolariga yangi kirish vizalarini berish taqiqini 7 martdan keyin ham Tokioda va mamlakatning boshqa 9ta prefekturalarida amalda bo‘lgan favqulodda vaziyat (ES) rejimi to‘liq bekor qilinguncha saqlab qolmoqchi. Bu haqda 26 fevralda hukumat manbalariga iqtibos keltirgan holda Yomiuri nashri xabar berdi. Olti prefektura uchun favqulodda holat rejimi 28 fevralda muddatidan oldin bekor qilinishi kutilmoqda, ammo Tokio va uning atrofidagi tumanlarda 7 martgacha saqlanib qoladi.

Yaponiya tashqi ishlar vaziri Toshimitsu Motegi 26 fevralda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ushbu ma'lumotni tasdiqlash yoki rad etishdan bosh tortdi. “Hozircha hech narsa hal qilinmagan”, dedi u. “Biz chet elda pandemiya bilan bog‘liq vaziyat to‘g‘risidagi ma'lumotlarni har tomonlama tahlil qilish asosida mamlakatga kirish masalasini ko‘rib chiqamiz”.

Hozirda mamlakatga doimiy yashaydigan va uzoq muddatli vizalari bo‘lgan Yaponiya fuqarolari va chet elliklargina kirishlari mumkin. Chegarani kesib o‘tishda, 72 soat ichida topshirilgan COVID-19 uchun test sinovdan o‘tganligi to‘g‘risida hujjat bo‘lishi kerak. Aeroportga kelgandan keyin ham yana bir sinovdan o‘tish kerak. Hamda chet eldan kelganlar uyda 14 kunlik karantin muddatini o‘tashlari kerak bo‘ladi.

Yaponiyada epidemiya paytida 430 mingdan ortiq yangi koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar aniqlangan, 7,7 mingdan ortiq odam vafot etgan.

Ko‘proq yangiliklar: