Toyota Yaponiyada kelajak shahrini qurishni boshladi

Fan va texnika 21:50 / 26.02.2021 5889

Toyota Yaponiyada sun'iy ong va robototexnika sohasidagi eng ilg‘or texnologiyalar joriy etiladigan aqlli shahar qurilishini boshladi.

Woven City (To‘qilgan shahar) deb nomlanuvchi mazkur kelajak shahri Tokiodan 100 kilometr uzoqlikda, Fudzi tog‘i etagida joylashadi. Uning maydoni 71 gektarni tashkil etadi.

Shaharda uch turdagi yo‘l bo‘ladi. Birinchi yo‘l piyodalar, ikkinchi yo‘l elektr samokatlar va uchinchisi avtomobillar uchun mo‘ljallangan. Shaharda harakatlanadigan transport vositalarining asosiy qismini Toyota ishlab chiqargan e-Palette elektromobillari tashkil etadi.

Shaharda dastlabki bosqichda turli yoshdagi 360 nafar kishi hamda kompaniyaning ikki mingga yaqin xodimi va olimlar oilalari bilan istiqomat qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: