Pfizer va BioNTech koronavirusning yangi shtammlariga qarshi uchinchi dozasini sinab ko‘radilar 

Jahon 00:38 / 26.02.2021 1484

Pfizer va BioNTech farmatsevtika kompaniyalari o‘zlarining koronavirusga qarshi emlashning uchinchi dozasi samaradorligini va inʼeksiya xavfsizligini sinash uchun sinovlarni boshladilar.

“Pfizer va BioNTech SARS-CoV-2’ning yangi variantlaridan kelib chiqqan COVID-19'ga qarshi immunitetni kuchaytiruvchi vositaning ta'sirini aniqlash uchun, COVID-19 BNT162b2 vaksinasining uchinchi dozasi xavfsizligi va immunogenligini baholashni boshlaganliklarini e'lon qilishdi”, deb Amerikaning Pfizer farmatsevtika kompaniyasi saytida aytilgan.

Sinovlarda ikki xil yoshdagi guruhlarda 18 yoshdan 55 yoshgacha va 65 yoshdan 85 yoshgacha bo‘lgan kamida 144 kishi ishtirok etadi.

Ta'kidlanishicha, yangi tadqiqot COVID-19 tarkibidagi yangi mutatsiyalarga qarshi kurashda emlashning ta'sirini o‘rganishga yordam beradi.

Avvalroq, tadqiqot Pfizer vaksinasining samaradorligi 94 foizni ko‘rsatgani haqida xabar berilgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: