Pentagon Suriyadagi Eronni qo‘llab-quvvatlovchi kuchlarning nishonlariga aviazarbalar berdi

Jahon 08:50 / 26.02.2021 4931

Pentagonning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha xodimi yordamchisi Jon Kirbining aytishicha, operatsiya “Prezident Bayden AQSh va koalitsiya rasmiylarini himoya qilishini” bildiradi.

AQSh Suriyadagi eronparast guruhlar nishonlariga Prezident Jo Bayden ko‘rsatmasi bilan aviazarbalar berdi. Bu haqda TASS axborot agentligi Pentagon rahbarining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha yordamchisi Jon Kirbining bayonotiga asoslanib xabar berdi.

“AQSh prezidenti Jo Baydenning ko‘rsatmasi bilan qurolli kuchlar Suriyaning sharqiy qismida Eronni qo‘llab-quvvatlovchi qurolli guruhlar foydalangan infratuzilmaga havo hujumlarini uyushtirishdi. Bu zarbalar AQSh vakillari va Iroqdagi koalitsiyaga qarshi so‘nggi hujumlarga hamda ularga qarshi bo‘layotgan doimiy tahdidlarga javob”, deyilgan bayonotda. Zarbalar natijasida ko‘plab eronparast guruhlar foydalangan nazorat punktida joylashgan bir nechta obekt yo‘q qilindi.

“Ushbu munosib harbiy javob diplomatik choralar, shu jumladan koalitsiya sheriklari bilan maslahatlashuvlar bilan birgalikda berildi”, deyiladi bayonotda. 

Kirbining aytishicha, operatsiya Prezident Bayden AQSh va koalitsiya rasmiylarini doim himoya qilishini bildiradi.

Ko‘proq yangiliklar: