Ozarboyjon Tog‘li Qorabog‘da xalqaro aeroport qurishni boshladi

Jahon 18:14 / 26.02.2021 4470

Boku Tog‘li Qorabog‘dagi Fuzuliy rayonida xalqaro aeroport qurishga kirishdi. Bu haqda Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev ma'lum qildi.

"Fuzuliydagi aeroport bo‘yicha ishlar boshlandi. Aeroport tez muddatda foydalanishga topshiriladi. Barchasi rejadagidek ketsa, shu yilning kuzida aeroport foydalanishga topshiriladi", - dedi u.

Ozarboyjon prezidentining qo‘shimcha qilishicha, aeroport xorijdan keladigan yuklarni qabul qilish hamda qo‘shni davlatlar fuqarolarining Shusha shahriga oson yetib borishlariga imkoniyat yaratadi.

Aliyev aeroport bilan birga, Shusha shahriga olib boradigan ikkita avtoyo‘l qurilayotganini aytdi.

Uning ta'kidlashicha, Fuzuliydagi aeroport barcha turdagi, jumladan, eng og‘ir samolyotlarni ham qabul qila oladi.

Ko‘proq yangiliklar: