Lavrov: «AQSh Rossiyani Suriyaga zarba berishi to‘g‘risida ogohlantirgan»

Jahon 22:26 / 26.02.2021 12471

AQSh Rossiya harbiylarini Suriyaga zarba berishidan bir necha daqiqa oldin ogohlantirgan edi, deya xabar bermoqda TASS axborot agentligi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning bergan ma'lumotiga iqtibos keltirgan holda.

“Bizning harbiylarimizni to‘rt yoki besh daqiqa oldin (havo hujumidan oldin) ogohlantirishdi”, deb aytgan Lavrov.

Shuningdek, Lavrov Moskva amerikalik hamkasblaridan Suriyada doimiy bo‘lish rejalari to‘g‘risida to‘g‘ridan-to‘g‘ri so‘raydi, deb ma'lumot berdi.

Avvalroq Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova AQShning Suriyaga zarbasini tanqid qilgandi

Ko‘proq yangiliklar: