Pashinyan qurolli kuchlar bosh shtabi boshlig‘ini iste'foga chiqishga chaqirdi

Jahon 18:06 / 25.02.2021 4119

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakat qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i Onik Gasparyanni o‘z ixtiyori bilan iste'foga chiqishga chaqirdi. U o‘zini qo‘llab-quvvatlash uchun o‘tkazilayotgan mitingda ana shunday bayonot bilan chiqdi, deb yozadi TASS.

 "Armaniston bosh shtabi boshlig‘i Onik Gasparyanni iste'foga chiqishga chaqiraman. U armiyani xalqqa qarshi qo‘ya olmaydi. Bunga yo‘l qo‘ymayman. Qolgan barcha harbiylar xizmatga qaytishlari lozim", - dedi Pashinyan. 

Xabar qilinishicha, bosh vazir agarda mamlakat prezidenti Armen Sarkisyan Gasparyanning lavozimidan bo‘shatilishi to‘g‘risidagi farmonni imzolamasa, uni ham davlat to‘ntarishiga qo‘shilgan deb hisoblashi to‘g‘risida ogohlantirdi. 

Pashinyan barcha siyosiy kuchlarni muloqot boshlashga chaqirgan.

Avvalroq Armaniston qurolli kuchlari bosh shtabi Nikol Pashinyanning iste'fosini talab qilib ikkinchi marta bayonot bilan chiqqandi.

Ko‘proq yangiliklar: