OAV: Merkel koronavirusga qarshi emlanganlar uchun beriladigan imtiyozlarga qarshi

Jahon 01:03 / 25.02.2021 2270

Germaniya kansleri Angela Merkel koronavirusga qarshi emlangan fuqarolar uchun maxsus shartlarning kiritilishiga qarshi chiqdi. U bu haqda 24 fevral kuni Frankfurter Allgemeine Zeitung nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Merkelning ta'kidlashicha, ayrim hududlardagi tovar va xizmatlarga faqat emlangan odamlarga ruxsat berish kerakmi yoki yo‘qmi degan savolni hali muhokama qilish lozim.

Ammo bunday odamlar ko‘pchilik bo‘lganidan keyingina ushbu g‘oyani muhokama qilishga qaytish mumkin. Lekin, kanslerning so‘zlariga ko‘ra, hali biron bir davlat bunday bosqichga erishmagan.

Bundan tashqari, Merkel yana bir shartni aytib o‘tdi. Olimlar vaksinalangan odamlar boshqalar uchun zararli bo‘lmasligini isbotlashlari kerak. Fuqarolar emlanish uni olganlar uchun ham, olmaganlar uchun ham to‘liq xavfsiz ekanligiga amin bo‘lishlari kerak.

Germaniyada 3,5 mln odam vaksinaning kamida bir qismini olgan, bu umumiy aholining taxminan 4,2 foizini tashkil qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: