Kanadada daryoga yuridik shaxs maqomi berildi

Jahon 15:54 / 25.02.2021 2810

Kanadaning Kvebek provinsiyasida Megpay daryosiga yuridik shaxs maqomi berildi. Hokimiyat, ekologlar va innu etnik guruhi vakillari daryoni energetika kompaniyasidan himoya qilmoqchi, deb yozadi CTV News.

Bunday qaror mamlakatda ilk bor qabul qilindi. Uni qabul qilishda Yangi Zelandiyada 2017 yilda qabul qilingan ana shunday qarorga tayanildi. O‘shanda maori qabilasining vanganui daryosiga yuridik shaxs maqomini berish to‘g‘risidagi da'vosi qanoatlantirilgandi. 

 Endilikda Kanadadagi bu daryo huquqlarga ega bo‘ldi. Masalan, u sohil yaqinida yashovchilarning vasiyligiga ega bo‘lishi mumkin.

Megpay daryosiga yuridik shaxs maqomi Hydro-Quebec gidroenergetika kompaniyasi daryoda to‘g‘on qurish istagini bildirganidan so‘ng berildi.

Ekologlar Hydro-Quebec atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunni chetlab o‘tishidan xavotirlanmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: