Bayden Trampning AQShga kirishni taqiqlash to‘g‘risidagi buyrug‘ini bekor qildi

Jahon 22:25 / 25.02.2021 6949

AQSh prezidenti Jo Bayden 24 fevral kuni o‘zidan avvalgi prezident Donald Trampning bir qator chet el fuqarolarining Amerika hududiga kirishini cheklash to‘g‘risidagi farmonini bekor qildi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati bayonotida aytilgan.

“Muhojirlar kirishning 2020 yil 22 apreldan to‘xtatilishi (koronavirus epidemiyasi oqibatida iqtisodiyotni tiklash davrida AQSh mehnat bozoriga xavf tug‘diradigan muhojirlar uchun) AQSh manfaatlariga javob bermaydi. Aksincha, bu Qo‘shma Shtatlarga zarar keltiradi”, deyilgan matnda. “Shu masalaga tegishli qarorlar bekor qilinadi.”

Tramp 2020 yil 22 aprelda koronavirus infeksiyasi tarqalishining salbiy iqtisodiy oqibatlaridan kelib chiqib, bir qator toifalar uchun mamlakatga immigratsiyani 60 kunlik taqiqlash to‘g‘risida farmonni imzolagan edi. Farmon bir necha bor uzaytirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: