2032 yilgi yozgi Olimpiada o‘yinlariga eng yaxshi nomzod tanlandi 

Jahon 08:03 / 25.02.2021 8901

Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi (XOQ) ijroiya kengashi Avstraliyaning Kvinslend shtatini 2032 yilgi Olimpiya o‘yinlariga asosiy nomzod sifatida tasdiqladi. XOQ prezidenti Tomas Bax bu haqda 24 fevralda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma'lum qildi.

Kvinslendning ma'muriy markazi – Brisben shahri. “Qo‘mita “Brisben-2032” tashkiliy qo‘mitasi va Avstraliya Olimpiya qo‘mitasi bilan XXXV Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilishi to‘g‘risida muzokara boshlashni tavsiya qildi. XOQ ijroiya kengashi qizg‘in muhokamadan so‘ng ushbu tavsiyanomani bir ovozdan ma'qulladi", dedi Bax.

Ushbu masala bo‘yicha yakuniy qaror XOQ sessiyasida qabul qilinadi, bu 2021 yoki 2022 yillarda sodir bo‘lishi kutilmoqda.

2019 yil iyun oyida XOQ Olimpiada poytaxtini tanlashning odatiy tartibidan voz kechdi: endi Olimpiya xartiyasida uni o‘tkazilishidan yetti yil oldin tanlab olish kerak bo‘lgan hech qanday talab yo‘q. Musobaqa Olimpiya poytaxtida o‘tkazilishi kerakligi to‘g‘risidagi band ham bekor qilindi; XOQ endi doimiy yoki vaqtincha sport va infratuzilma inshootlari mavjudligini birinchi o‘ringa qo‘yadi. Shaharlar endi o‘yinlarni o‘tkazish huquqi uchun o‘zaro raqobatlashmaydi. Eng munosib variantni tanlash yozgi va qishki o‘yinlar bo‘yicha maxsus komissiyalarga topshirildi, bu esa nomzodlarning xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirdi, ammo shu bilan birga Olimpiya poytaxtini aniqlash tartibini soddalashtirdi.

Avvalroq Brisbendan tashqari Doha, Budapesht, Germaniyaning Reyn-Rur viloyati, Xitoyning Chengdu va Chonsin shaharlari 2032 yilgi yozgi Olimpiada o‘yinlarini o‘tkazish istagini bildirishgan.

Ko‘proq yangiliklar: