Qozog‘istonning ayrim hududlarida karantin cheklovlari yumshatiladi

Jahon 18:48 / 24.02.2021 3060

Qozog‘iston hukumati 1 martdan boshlab respublikaning ayrim hududlarida karantin cheklovlarini yumshatishga qaror qildi. Bu haqda Qozog‘iston hukumati matbuot xizmati ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, "yashil hududlar"da 1 martdan sirk, bilyard klublari, bolalar ko‘ngilochar markazlari odamlar umumiy sig‘imining 30 foizigacha bo‘lgan holatda ishlashiga ruxsat beriladi. Shuningdek, sport tadbirlari va juma namozlari ham xuddi shu talab asosida o‘tkaziladi.

"Sariq hudud"larda esa bozorlar, savdo markazlari va savdo uylariga yakshanba kunlari ham ishlashiga ruxsat beriladi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar soni 209,5 mingtani tashkil etadi, 2,5 mingdan ortiq kishi vafot etgan.

Ko‘proq yangiliklar: