Saakashvili Gruziya muxolifatini g‘alabagacha olib borishni va'da qildi

Jahon 16:49 / 23.02.2021 5589

Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili Tbilisida “Yagona milliy harakat” muxolif partiyasi yetakchisi Nikanor Meliyaning qo‘lga olinishiga norozilik bildirdi.

“Bugun sodir bo‘layotganlar – genotsid, Ivanishvili (Gruziyaning sobiq bosh vaziri, milliarder Bidzina Ivanishvili)  va uning atrofidagilarning dushmanlarimiz manfaati uchun mamlakatimizni butunlay vayron qilish istagi”, - dedi u.

Saakashvili "biz kurashni albatta oxirigacha davom ettiramiz, ammo bu og‘ir kurash bo‘ladi”, deb ta'kidladi.

Avvalroq "Demokratik harakat – yagona Gruziya" muxolif partiyasi yetakchisi Nino Burjanadze hukumat mamlakatni diktatura tomon olib ketayotganligini aytgandi.

“Yagona milliy harakat” muxolif partiyasi yetakchisi Nikanor Meliya seshanba kuni Tbilisidagi ofisida qo‘lga olindi. Partiya ofisidan kompyuter serverlari musodara qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: