Myanmada umummilliy ish tashlash boshlandi. Namoyishchilar harbiylardan hokimiyatni xalqqa topshirishni talab qilmoqda

Jahon 21:59 / 22.02.2021 4936

Harbiy hokimiyat namoyishchilarni xavfli yo‘lga qadam tashlashganidan, ularning xatti-harakatlari qurbonlarga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

Yakshanba kuni politsiya bilan to‘qnashuvlar vaqtida kamida ikki kishi halok bo‘lgandi.

«Namoyishlarni muvofiqlashtiruvchilar odamlarni ular halok bo‘luvchi jarlikka itarmoqda», degan MRTV telekanali boshlovchisi. Harbiylar nazoratidagi OAV fuqarolarni isyon va anarxiyadan qaytishga chaqirmoqda.

Namoyishchilar harbiy rahbariyatdan hokimiyatdan ketishni va Myanma rahbari Aung San Suu Ki va «Demokratiya uchun milliy liga» partiyasi rahbariyatini zudlik bilan ozod etishga chaqirgan.

Su Ki import va eksport to‘g‘risidagi qonunni buzishda, shuningdek, favqulodda vaziyatlar to‘g‘risidagi qonunni buzganlikda ayblanmoqda.

Mamlakatning yangi rahbariyatiga xalqaro hamjamiyat bosim o‘tkazmoqda.

Mamlakatning barcha yirik shaharlarida namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan tasvirlardan ko‘rish mumkinki, aksiyalarda juda ko‘p sonli kishilar ishtirok etishmoqda, ular bayroqlarni silkitib, harbiylarga qarshi shiorlarni baralla aytishmoqda.

Frontier nashri muharriri Tompson Chauning so‘zlariga ko‘ra, namoyishlar ko‘lami kundan kunga kengayib bormoqda - katta yo‘llar to‘sib qo‘yilmoqda, do‘konlar yopib qo‘yilgan.

«Bugungisi, aftidan, gigant zabastovka, odamlar shunchaki ishga bormay qo‘yishdi», degan Chau BBC uchun bergan intervyusida. Uning so‘zlariga ko‘ra, hatto davlat sektori xizmatchilari ham namoyishga chiqmoqda: soliqchilar, jurnalistlar, tibbiyot xodimlari va kommunalchilar.

Namoyishlarning yangi to‘lqinini 1988 yil avgustidagi isyonga taqqoslashmoqda - o‘shanda bu mamlakat tarixidagi eng qonli namoyishlar bo‘lgandi.

O‘shanda harbiylar uch mingga yaqin namoyishchini o‘ldirishgandi. Ko‘plar bu voqealarni Mnyama tarixida burilish yasagan deb hisoblaydi.

Ko‘proq yangiliklar: