Tinimsiz yomg‘irlar oqibatida Indoneziya poytaxtida suv toshqinlari sodir bo‘ldi

Jahon 15:49 / 20.02.2021 3550

Musson yomg‘irlari oqibatida Indoneziya poytaxti Jakarta suv toshqinlaridan jabr ko‘rdi.  

"Yomg‘ir tindi, ammo Jakarta oqib kelayotgan suvni bartaraf etishiga to‘g‘ri keladi. Baxtimizga, markazga zarar yetmaydi va odamlar suv pasayganidan keyin o‘z ishlariga qaytishlari mumkin bo‘ladi", - dedi Jakarta gubernatori Anis Basvedan.

Qutqaruvchilar shaharning suv sathi 1,8 metrgacha ko‘tarilgan janubiy va sharqiy hududlaridan 13 mingdan ortiq kishini evakuatsiya qilishdi. Shaharda yigirmaga yaqin evakuatsiya markazi tashkil qilindi.

Sinoptiklarning taxminlariga ko‘ra, yaqin kunlarda hududda ushbu mavsumdagi eng kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Yomg‘irlar mavsumi fevral oxirigacha davom etadi.

Ko‘proq yangiliklar: