Rossiya soniyasiga 2 km tezlikda uchadigan raketa ustida ish olib borayotgani ma'lum qilindi

Jahon 22:02 / 20.02.2021 12963

Rossiya “Gremlin” shartli nomi ostida zamonaviy hipertovushli raketa ishlab chiqarish ustida ish olib bormoqda. Bu haqda Izvestiya xabar qildi.

Ta'kidlanishicha, tajriba-konstruktorlik ishlari 2018 yilda boshlangan. Mutaxassislar 2023 yilda raketa sinovini o‘tkazishni rejalashtirgan.

Raketaning texnik xususiyatlari oshkor qilinmayapti, ammo u X-47M2 Kinjal raketasiga nisbatan kichikroq o‘lchamda bo‘ladi.

 “Gremlin” bir yarim ming kilometrgacha masofaga parvoz qilishga mo‘ljallangan. Uning tezligi 6 Maxni (1 Max – 1198,8 km/soat, daqiqasiga 19,98 km, soniyasiga 333 metr) tashkil etishi taxmin qilinmoqda.  

 Gazetaning yozishicha, 2013 yilda Rossiya harbiy-havo kuchlarining sobiq bosh qo‘mondoni general-polkovnik Aleksandr Zelin ana shu xususiyatga ega qurol ishlab chiqilishi to‘g‘risida ma'lum qilgan.

 

Ko‘proq yangiliklar: