NASA Marsda olingan rangli fotosuratlarni namoyish etdi

Jahon 19:09 / 20.02.2021 25467

NASA Perseverance roveri Marsda olgan rangli fotosuratlarni namoyish etdi.

Foto: NASAPersevere / Twitter
Foto: NASAPersevere / Twitter
Foto: NASAPersevere / Twitter

Perseverance roveri 19 fevral kuni qizil sayyora zaminiga qo‘ndi. Uning asosiy vazifasi Marsda hayot izini qidirishdan iborat.

Olimlar sayyoradagi Yezero kraterida hayot izlari saqlanib qolgan bo‘lishi mumkin, deb hisoblashmoqda. Rover shuningdek, sayyora iqlimini ham o‘rganadi va tog‘ jinslari namunalarini yig‘adi. U Marsda 687 kun faoliyat olib boradi.

Perseverance so‘nggi bir oy ichida Marsga qo‘ngan uchinchi kosmik apparat bo‘ldi. Avvalroq uning orbitasiga BAA va Xitoyning robotlari ham kirishgandi. Barcha uch missiya Yerni 2020 yilning iyulida tark etgandi.

Ko‘proq yangiliklar: