BMT BAAdan Dubay malikasi tirikligining isbotini keltirishni talab qildi 

Jahon 01:31 / 20.02.2021 47298

BMT BAAdan Dubay hukmdori Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktumning qizi, avval qarindoshlari tomonidan tutqunlikda ushlab turilganini aytgan malika Latifa tirikligining isbotini keltirishni talab qildi. Dubay hukmdori oilasining bayonotiga ko‘ra, malika uyida davolanmoqda.

“Uning sog‘lig‘i yaxshilanmoqda. Biz u tegishli vaqtda jamoa hayotiga qaytishiga umid qilmoqdamiz”, deb aytilgan bayonotda.

BAAning Londondagi elchixonasida ham malika o‘z uyida parvarishlanayotgani, uni oilasi va tibbiy xodimlar qo‘llab-quvvatlayotgani aytilgan.

Avvalroq britan nashrlaridan biri malika 2018 yilda qochib ketishga urinishidan keyin o‘z yaqinlari tomonidan tutqunlikda ushlab turilganini aytgan videoyozuvni e'lon qilgandi. Malikaning so‘zlariga ko‘ra, u yaxtada qochishga uringanda, tutib olinib, unga giyohvand modda kiritilgan.    

Dubay hukmdorining qizi tomonidan yozilgan video keng muzokaraga va BMT tomonidan ushbu vaziyat yuzasidan tergov boshlashga chaqiruvlarga sabab bo‘lgan. Shundan keyin BMTning inson huquqlari bo‘yicha kengashi BAAdan malikaning tirikligi isbotini keltirishni talab qilgan.

Biroq ta'kidlanishicha, Dubay hukmdori oilasi faqatgina bayonot bilan cheklanib, malika tirikligiga isbot sifatida uning biror-bir surati yoki videosini taqdim qilmagan.

Ko‘proq yangiliklar: