Olimlar qarishni to‘xtatadigan dorini topishdi

Jahon 18:58 / 19.02.2021 18572

Yapon olimlari qarishni to‘xtatadigan va organizmni yoshartiradigan dorini topishdi, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz.

Tokio universiteti tibbiyot ilmiy-tadqiqot instituti professori Makoto Nakanisining so‘zlariga ko‘ra, besh-o‘n yildan so‘ng ushbu doridan foydalanish boshlanishi mumkin.

Qarish organlarda shamollash jarayonini paydo qiladigan hujayralar to‘planishi bilan bog‘liq. Ana shunday hujayralardan biri senessent hujayralardir. Aynan ular vaqt o‘tishi bilan organlarda yig‘ilib qoladi va qarishga olib keladi.

"Agar ushbu hujayralar olib tashlansa, ular paydo qiladigan shamollash jarayonlarini to‘xtatish mumkin bo‘ladi", - dedi olim.

Ma'lum bo‘lishicha, mazkur hujayralar yashashi uchun glutaminni glutamin kislotasiga aylantiruvchi GLS1 fermenti kerak. Agarda ushbu fermentni to‘xtatuvchi ingibitordan foydalanilsa, qarishga olib keluvchi hujayralarni yo‘qotish mumkin.

Olimlar bu taxminni tekshirib ko‘rish uchun qari sichqon tanasiga GLS1 fermenti paydo qiladigan saratonning ayrim turlariga qarshi foydalaniladigan dorini kiritishdi. Natijada sichqonning buyrak, jigar va o‘pkasi faoliyati yaxshilandi, organizmi esa mustahkamlandi.

Ko‘proq yangiliklar: