AQSh Eron bilan yadroviy kelishuv bo‘yicha muzokaralarga qaytishga tayyorligini bildirdi

Jahon 15:23 / 19.02.2021 2605

Prezident Jo Bayden ma'muriyati Eron va boshqa davlatlar bilan AQShning yadroviy kelishuvga qaytishi bo‘yicha muzokaralarga qo‘shilishga tayyor. Bu haqda AQSh davlat departamenti vakili ma'lum qildi, deb xabar bermoqda The Hill.

"Qo‘shma Shtatlar Yevropa ittifoqi oliy vakilining Eron yadroviy dasturi bo‘yicha diplomatik yo‘llarni muhokama qilish uchun P5 + 1 va Eron o‘rtasidagi muzokaralarga qo‘shilish to‘g‘risidagi taklifini qabul qiladi", - dedi AQSh tashqi siyosat mahkamasi vakili.

Shu tarzda Bayden ma'muriyati AQShning yadroviy kelishuvdan chiqish to‘g‘risidagi avvalgi hukumat qarorini bekor qilish yo‘lida yana bir qadam tashladi.

AQSh davlat kotibi Yevropa tashqi ishlar vazirlari bilan muloqotida Eron yadroviy kelishuvi "ko‘p tomonlama diplomatiyaning asosiy muvaffaqiyati" ekanligini bildirgan.

Bundan tashqari, Vashington sobiq davlat kotibi Mayk Pompeo taklif qilgan Tehronga qarshi diplomatik sanksiyalar kiritish to‘g‘risidagi qator qarorlarni ham bekor qiladi. Jumladan, Eron mulozimlarining BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohiga borishlariga qo‘yilgan cheklov olib tashlanadi.

Avvalroq Jo Bayden ma'muriyati yadroviy kelishuvga qaytish uchun qadam sifatida iqtisodiy sanksiyalarni saqlab qolgan holda Eronning moliyaviy ahvolini yengillashtirish yo‘llarini ko‘rib chiqayotgani aytilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: