Tramp prezident lavozimidan ketgandan keyin ilk bor OAVda chiqish qildi

Jahon 08:33 / 18.02.2021 11152

AQShning 45-prezidenti Donald Tramp prezident lavozimidan ketgandan keyin ilk bor OAVda chiqish qildi. U Fox News telekanali efirida radioboshlovchi Rash Limboning vafoti munosabati bilan ta'ziya bildirdi.

Tramp bilan suhbat telefon orqali olib borilgan.

“Atrofimizda afsonalar uncha ko‘p emas, lekin u (Rash Limbo) – afsona. U bu mamlakatni juda yaxshi ko‘rardi. U bu mamlakatning odamlarini juda yaxshi ko‘rardi. Rash o‘ziga xos edi, uning o‘rnini hech kim bosa olmaydi. Unda ulkan auditoriya bor edi”, deb aytgan Tramp efirda. Sobiq prezident marhum radioboshlovchi bilan 3-4 kun avval gaplashganini aytib o‘tgan.

Rash Limbo 70 yoshida o‘pka saratonidan vafot etdi. U AQSh tarixidagi eng obro‘li mediashaxslardan biri bo‘lgan. Limbo o‘z dasturlarida aholining konservativ qarashlarga ega qatlami manfaatlarini qo‘llab-quvvatlab kelgan. Tramp 2020 yilda Limboni Prezidentning ozodlik medali bilan taqdirlagan. Teleboshlovchi 2021 yil yanvarda Kapitoliyning ishg‘ol qilinishida ishtirok etganlarni mustaqillik uchun urush qahramonlariga qiyoslagan.

Ko‘proq yangiliklar: