Lukashenko Putin bilan uchrashganida hech narsa so‘ramaslikka va'da berdi

Jahon 15:02 / 18.02.2021 7275

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 20 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv rejalashtirilgani to‘g‘risidagi ma'lumotni tasdiqladi. Ammo u uchrashuv davomida 3 mlrd dollar miqdorida kredit so‘rashi to‘g‘risidagi xabarlarni inkor etdi, deb xabar bermoqda «BelTA».

 «Biz ancha ilgari Putin bilan 20 fevralda uchrashish va hamkorlikning ayrim yo‘nalishlari bo‘yicha gaplashishga kelishib olgandik. Ammo aytishim kerak: ayrimlar «Lukashenko 3 mlrd dollar so‘ragani boradi» demoqda. Yo‘q, u yerga biror narsa so‘ragani bormoqchimasman», — deb ta'kidladi Lukashenko.

Avvalroq Minsk Moskvadan yangi kredit olishni mo‘ljallayotgani to‘g‘risida o‘z manbalariga tayanib «Kommersant'» xabar bergandi.

Putin va Lukashenkoning o‘tgan yil sentyabrda Sochida bo‘lib o‘tgan uchrashuvida Moskva Minskka 1,5 mlrd dollar kredit ajratishi ma'lum bo‘lgandi. Ushbu mablag‘ Belarus hukumatiga mamlakatdagi ommaviy namoyishlar fonida taqdim etilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: