Latviyada har bir bolaga 500 yevrodan bir martalik nafaqa beriladi

Jahon 16:51 / 18.02.2021 3181

Latviya hukumati koronavirus tarqalishi oqibatlarini bartaraf etish to‘g‘risidagi qonun doirasida barcha bolalarga bir martalik nafaqa to‘lanishini ma'qulladi. Ushbu tuzatishni endi Seym tasdiqlashi lozim.

Xabar berilishicha, har bir bolaga 500 yevrodan beriladi. To‘lov davlat ijtimoiy sug‘urta agentligi tomonidan avtomatik ravishda to‘lanadi. Mamlakatdagi 364 097 nafar bola uchun budjetdan 182 million yevro ajratilgan.

"Ushbu nafaqani to‘lash to‘g‘risidagi qaror koronavirus pandemiyasi sababli oilalar qanchalik qiyin ahvolda qolganligini anglab turganligimizni ko‘rsatadi", — dedi mamlakat bosh vaziri Krishyanis Karinsh.

Latviya farovonlik vazirligi nogiron pensionerlarga 200 yevro miqdorida bir martalik nafaqa to‘lashni taklif etmoqda. Vazirlik bu borada tegishli tuzatishlarni hukumat e'tiboriga havola qilmoqchi.

Latviyada 6 aprelga qadar koronavirus pandemiyasi sababli joriy etilgan favqulodda holat rejimi amal qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: