Aktyor Andrey Myagkov vafot etdi

Jahon 12:47 / 18.02.2021 13220

Rossiya xalq artisti Andrey Myagkov 83 yoshida vafot etdi. Bu haqda «RIA Novosti» Chexov nomidagi Moskva badiiy teatri matbuot xizmatiga asoslanib xabar berdi.

Rossiyadagi eng mashhur aktyorlardan biri Andrey Myagkov 1965 yilda «Tish shifokoridan o‘tish» komediyasidagi tish shifokori Chesnokov roli bilan kino olamiga kirib kelgan. U rejissyor Eldor Ryazanov bilan uzoq yillik hamkorligi natijasida shuhrat qozondi. Andrey Myagkov «Taqdir hazili yoxud qushdek yengil bo‘ling!», «Ishdagi ishq», «Garaj» va «Shafqatsiz romans» filmlarida suratga tushgan.

Myagkov asosan komediya yo‘nalishidagi aktyor deb hisoblangan, biroq unda yetarli darajada katta dramatik rollar ham mavjud bo‘lgan - Ivan Pirevning «Aka-uka Karamazovlar» filmidagi Alyosha, Vladimir Basovning «Turbinlar kuni» kartinasidagi Aleksey Vasilevich, Marlen Xutsiyevning«So‘ngso‘z» filmidagi olim Shvirkov obrazlari.

Ko‘plab filmlardagi ijrosi bilan yaxshi ma'lum bo‘lgan Andrey Myagkov rejissyor va yozuvchi sifatida ham o‘zini sinab ko‘rgan va muvaffaqiyatga erishgan.

U 1987 yildan A.P.Chexov nomidagi Moskva badiiy teatrida ishlab kelgan. 

Ko‘proq yangiliklar: