Nigeriyada jangarilar bir necha yuz talabani o‘g‘irlab ketdi

Jahon 21:08 / 17.02.2021 3415

Mahalliy OAVning xabar berishicha, hujum vaqtida bir talaba halok bo‘lgan, bir nechasi yarador bo‘lgan.

Ma'lum qilinishicha, jangarilar talabalar kiyimida bo‘lgan va kollej yotoqxonasiga tunda bostirib kirgan.

Hozirda asir olingan odamlar soni aniqlashtirilmoqda.

Nigeriya prezidenti Muhammadu Buxoriy darhol talabalarni qutqarish bo‘yicha amaliyot boshlashni buyurgan. 

Oxirgi 2 hafta davomida Nigeriya g‘arbidagi Niger shtatida jinoyatchilar odamlarni garovga olish maqsadida hujumlar uyushtirmoqda. Jumladan, 15 fevralda ushbu hududda qurollangan kishilar avtobusga hujum qilib, 21 yo‘lovchini o‘g‘irlab ketgan.

Ko‘proq yangiliklar: