Fransiyada koronavirusni o‘ldiruvchi niqob ishlab chiqildi

Jahon 21:48 / 17.02.2021 3352

BFMTV telekanalining xabar berishicha, niqob Lill universitet shifoxonasi, Fransiya salomatlik va tibbiy tadqiqotlar milliy instituti hamda Ilmiy tadqiqotlar milliy markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan. 

Himoya vositasi havo-tomchi yo‘li bilan tarqaluvchi viruslarni ushlaydi va yo‘q qila oladi. Niqobni 4 soatgacha ishlatish mumkin.

Kompaniyada ta'kidlanishicha, niqobda siklodekstrin va to‘rtlamchi ammiak molekulalari hisobiga virusni o‘ldiruvchi mato qatlami qo‘llangan.

Himoya niqobi 16 fevraldan 1,49 yevrodan sotuvga chiqarilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: