Haaga sudi Niderlandiyada komendantlik soati darhol bekor qilinishini talab qildi

Jahon 17:54 / 16.02.2021 1852

Haaga sudi Niderlandiyada koronavirus sababli kiritilgan komendantlik soati zudlik bilan bekor qilinishi kerakligi to‘g‘risida qaror chiqardi. Bu haqda DutchNews xabar bermoqda.

Sudning fikricha, bunday keskin chora joriy etilishi uchun asos bo‘lmagan. Shu bilan birga, qayd etilishicha, komendantlik soati harakatlanish erkinligi va insonlarning shaxsiy hayot kechirish huquqini jiddiy ravishda cheklaydi.

Niderlandiyada komendantlik soati yanvar o‘rtalarida joriy etilgandi va 3 martgacha uzaytirilgan. U soat 21dan 4 yarimgacha amal qiladi. 

Mamlakat adliya vazirligi sud qarorini o‘rganib chiqishini bildirgan.

Ko‘proq yangiliklar: