Dunyodagi eng yirik mehmonxonalar tarmog‘i prezidenti 62 yoshida vafot etdi

Jahon 21:44 / 16.02.2021 7913

Dunyodagi eng yirik mehmonxonalar tarmog‘i bo‘lgan Marriott International prezidenti va bosh ijrochi direktori Arne Sorenson 62 yoshida vafot etdi.

2019 yil may oyida Sorensonda saraton kasalligi aniqlangandi. U yaqinda davolanish uchun ishida tanaffus qilishini e'lon qilgandi, deb yozadi The Wall Street Journal.

Sorenson Marriott kompaniyasiga 2012 yilda prezident bo‘lgandi. U kompaniya tarixidagi Marriotlar oilasiga mansub bo‘lmagan ilk rahbar edi.

 Marriott yangi bosh direktor tayinlanguniga qadar kompaniyani Stefani Linnars va Toni Kapuano boshqarib turishini ma'lum qildi. Linnars iste'molchilar amaliyotlari, texnologiyalar va biznes bo‘yicha, Kapuano esa global rivojlanish va dizayn bo‘yicha prezident hisoblanadi.

Marriott International 131 mamlakatda 30ta brend ostida yetti mingdan ortiq mehmonxonaga egalik qiladi. Ritz Carlton, Courtyard, Residence Inn, Marriott, St. Regis, Le Meridien, Sheraton, Four Poins mehmonxonalari kompaniyaga qarashli mehmonxonalar qatoridan o‘rin olgan.

Ko‘proq yangiliklar: