Britaniyada koronavirusning yana bir yangi varianti aniqlandi

Jahon 08:41 / 16.02.2021 7461

The Guardian nashrining shotlandiyalik olimlarga tayanib xabar berishicha, yangi shtamm B1525 deb nom olgan. Edinburglik mutaxassislar ushbu shtammni Daniya, Britaniya, Nigeriya, AQSh, Fransiya, Gana, Kanada, Avstraliya, Iordaniya va Ispaniyada olingan namunalarni tahlil qilish yordamida aniqlashgan.  

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu shtamm bilan ilk kasallanish holatlari 2020 yil dekabr oyiga to‘g‘ri kelmoqda.  

Olimlarning ta'kidlashicha, virusning yangi varianti Britaniyada keng tarqalgan B117 shtammidan tojsimon oqsilidagi Ye484K mutatsiyasi bilan farqlanadi. Bu mutatsiya esa virusni antitanalarga nisbatan bardoshliroq qiladi.

Ushbu vaziyat ortida shotlandiyalik mutaxassislar hukumatni virusning yangi varianti aniqlangan hududlarda ko‘proq test o‘tkazishga chaqirishgan.

10 fevralda JSST Britaniyada aniqlangan shtamm o‘tgan hafta yana 6ta davlatda aniqlangani va u tarqalgan davlatlar soni 86taga yetganini ma'lum qildi. Shuningdek, virusning dastlab JARda (501Y.V2), Braziliya va Yaponiyada (P.1) aniqlangan turlarining ham geografik tarqalishi kengaydi.

Ko‘proq yangiliklar: