AQShning Iroqdagi bazasiga raketa zarbalari berildi

Jahon 16:48 / 16.02.2021 19205

AQShning Iroq shimolidagi bazasiga raketa zarbalari berilishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, yetti kishi jarohatlandi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, hujum oqibatida bazada ishlaydigan mahalliy mutaxassis halok bo‘lgan. Yana ikki nafar mahalliy ishchilar jarohat olgan. Shuningdek, besh nafar amerikalik ham jarohatlangani aytilmoqda.

Ma'lumot berilishicha, baza va uning yonidagi aeroportga 14ta 107 millimetrli raketa yo‘llangan.

 Ushbu hujum uchun javobgarlikni hozircha hech bir guruh zimmasiga olmagan. 

Ko‘proq yangiliklar: