Peru tashqi ishlar vaziri koronavirusga qarshi vaksinaga navbatsiz emlangani uchun iste'foga chiqdi

Jahon 14:31 / 15.02.2021 4542

Peru tashqi ishlar vaziri Elizabet Astet Rodriges koronavirusga qarshi vaksinaga navbatsiz emlangani sababli iste'foga chiqdi.

"Bugun tashqi ishlar vaziri Elizabet Astetning iste'foga chiqish to‘g‘risidagi arizasini qabul qildim", - deb yozdi Peru prezidenti Fransisko Sagasti o‘z Twitter sahifasida.

Uning aniqlik kiritishicha, iste'fo vazirning tadqiqot guruhiga mo‘ljallangan vaksinani  navbatsiz olganligi bilan bog‘liq.

Avvalroq Ispaniya qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i general Migel Anhel Vilyarroya koronavirusga qarshi emlanganidan so‘ng paydo bo‘lgan noroziliklar sababli iste'foga chiqishga majbur bo‘lgandi.

General navbatsiz emlanganlikda ayblangan va Ispaniya mudofaa vaziri Margarita Roblesga iste'foga chiqish to‘g‘risida ariza bergan.

Ko‘proq yangiliklar: