“Britancha” shtammni aniqlovchi ilk test-tizim ishlab chiqildi

Jahon 11:02 / 15.02.2021 3955

Rospotrebnadzorning epidemiologiya markaziy ilmiy-tadqiqot instituti koronavirusning “britancha” shtammi - N501Y mutatsiyasini aniqlovchi AmpliSens® SARS-CoV-2-UK-IT test-tizimini ishlab chiqib, uni ro‘yxatdan o‘tkazdi. 

Ta'kidlanishicha, yangi test-tizim aynan ushbu shtammni tezkorlik bilan aniqlash uchun mo‘ljallangan. Bu esa virus yuklamasi yuqori bo‘lgan namunalarda mutatsiyalarni aniqlashda soxta musbat natijalardan qochish imkonini beradi.

Yangi texnologiyani koronavirusning boshqa har qanday mutatsiyasini hamda tezkor ommaviy test o‘tkazish talab etiladigan boshqa yuqumli qo‘zg‘atuvchilarni (pandemik infeksiyalar) aniqlash uchun reagentlarni ishlab chiqishda qo‘llash mumkin.

Britaniyada koronavirusning yangi shtammi aniqlangani haqida 2020 yil dekabr oxirida ma'lum bo‘lgandi. “Britancha” shtamm yuqumliroq hisoblansa-da, og‘ir holatlarga olib kelmaydi. Bundan tashqari, u ham aksariyat holatlarda havo-tomchi yo‘li orqali yuqadi. Shu sababli, unga qarshi o‘z samaradorligini isbotlagan avval qo‘llangan choralar saqlanib qoladi: kasallanganlarni alohidalash, ijtimoiy masofaga amal qilish, shaxsiy himoya vositalarini qo‘llash va emlash.

JSST ma'lumotlariga ko‘ra, hozirda “britancha” shtamm dunyoning 41ta davlatida aniqlangan. Bundan tashqari, 6ta davlatda uning dastlab JARda qayd qilingan mutatsiyasi aniqlangan. 

Ko‘proq yangiliklar: